Biz Haqimizda
“Vaqf” xayriya jamoat fondi — bu "VAQF" mulklarini yaratish bilan yurtimizda bir asr oldin yuqotilgan diniy qadriyatlarimizni qayta tiklash hamda yaxshilik, ezgulik, ehson va mehr-ulashish uchun tashkil etilgan xayriya fondidir. Maqsadimiz ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarni davom ettirishga ko‘maklashishdir.